Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

Saqlash
09:48 / 04.06.2025 154 0

11-iyundan boshlab, Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati. 

 

Qatnovlar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

 

Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan va qatnovlar “Uzautotrans Service” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun, Toshkent-Cho‘lponota xalqaro avtobus yo‘nalishi 2022-yilning iyunida ochilgan. Sayohat vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
 
+998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//