
Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Tanlov uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan:
▪️ bakalavriat - 130 ta o‘rin;
▪️ magistratura - 220 ta o‘rin;
▪️ doktorantura - 100 ta o‘rin.
Ma’lumot uchun, mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.
Xabarga ko‘ra, hujjat topshirish jarayonida nomzodlarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida onlayn platforma ishga tushirilgan.
Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:
- Jamg‘arma Ijrochi direktori nomiga ariza;
- xorijiy ta’lim muassasasidan qabul qilinganligi to‘g‘risida xat (Letter of acceptance);
- mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- attestat yoki diplom nusxasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
- motivatsion insho va boshqalar.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar ushbu platforma orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
Murojaat uchun: (71) 203-00-47, (71) 203-00-49 hamda @Eyufmatbuot.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q