
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Toshkentdagi Boʻrijar kanaliga tushib ketgan ikki nafar qizaloqni choʻkayotganini koʻrib, oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qolgan, biroq oʻzi choʻkib halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Maʼlum boʻlishicha, bu fidoyilik bejiz emas – Abdumannop Samiqov hamisha odamlarga yaxshilik qiladigan, el koriga yaraydigan vatanparvar inson boʻlgan.
Davlat rahbari bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik koʻrsatgan “Boʻrijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q