Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Saqlash
10:55 / 03.06.2025 121 0

Bugun Turkiyaning kurort shahri Marmarisda mahalliy vaqt bilan soat 02:17 da 5,8 magnitudali zilzila boʻldi. Bu haqda Anadolu agentligi maʼlum qilgan.

 

Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerlikayaning soʻzlariga koʻra, 69 kishi vahimada yuqoridan sakragani tufayli jarohatlangan. Fatxiye tumanida 14 yoshli qizcha zilzila vaqtida yuz bergan vahima hujumi (panicheskaya ataka) tufayli vafot etgan. U shifoxonaga yetkazilgan, biroq hayotini saqlab qolish imkoni boʻlmagan. Mugla viloyati gubernatori Idris Akbiyik agentlikka bergan maʼlumotlariga koʻra, 14 kishiga voqea joyida yordam koʻrsatilgan, ular shifoxonaga borishdan bosh tortgan. 55 kishi (10 nafari tez yordam mashinasida) gospitalizatsiya qilingan. 46 kishi tez yordam boʻlimida koʻrik va davolanish uchun qolmoqda, yana 8 kishiga uyga qaytish uchun ruxsat berilgan.

 

Marmaris, Mugla va Oʻrtayer dengizi sohillarida, Mugla, Aydin, Denizli, Manisa va Izmir shaharlarida 5,8 magnitudali zilziladan keyingi salbiy oqibatlar kuzatilmadi. Joylarda qidirish ishlari davom etmoqda. Biz zarar koʻrganlarga oʻzimizning iliq tilaklarimizni bildiramiz“, — deb xabar beradi Favqulodda holatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//