Jamiyat
BBCning butun dunyo bo‘ylab yovvoyi tabiat haqidagi keng ko‘lamli filmlar ustida ish olib borayotgan suratga olish guruhi O‘zbekistonga so‘ngi bir yil ichida uchinchi marta tashrif buyurdi.
Guruh hozirda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, Orol dengizi tubidagi tabiiy muhitda Trapelus sanguinolentus turiga mansub cho‘l agamalarining hayotini kuzatmoqda.
Filmdan ko‘zlangan maqsad dengiz qurib qolganiga qaramay, uning o‘rnida jonli cho‘l paydo bo‘lgani, u yerda turli xil yovvoyi hayvonlar hayot kechirayotgani haqida hikoya qilishdir.
Xabarga ko‘ra, 2024- va 2025-yillarda BBCning suratga olish guruhi O‘zbekistonning Navoiy viloyatida bo‘lib, u yerda yovvoyi tabiatda yirik qushqo‘rg‘onlarni va mamlakatimizning biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi sa’y-harakatlarini suratga olgan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110003
Jamiyat
94296
Jamiyat
90153
Jamiyat
73441
Jamiyat
//
Izoh yo‘q