Yaponiyada ishlash uchun tayyorlov markazlari ochiladi

Saqlash
09:31 / 03.06.2025 158 0

O‘zbekistonda Yaponiyaga ishga tayyorlovchi markazlar ochilishi ma’lum qilindi.

 

Xabarga ko‘ra, Yaponiyaning 30 ming ishchi kuchiga ega “Onodera User Run” kompaniyasi endi O‘zbekistonda faoliyat boshlaydi.

 

Kecha, 2-iyun kuni Migratsiya agentligi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur kompaniya quyidagilarni keltirib o‘tgan:

▪️ O‘zbekistonda 5 ta kasbiy yo‘nalish: tibbiyot, ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, qurilish va ijtimoiy himoya sohalariga yapon tili hamda kasbni to‘liq bepul o‘rgatuvchi markaz ochiladi;

 

▪️6 oylik ta’lim yakunlanganidan so‘ng, Yaponiyaga ishga joylashtirish kafolatlanadi (maosh 1500 $ atrofida).

 

Ma’lumot uchun, “Onodera User Run” 8 mamlakatda 9 ming nafar xorijlik mutaxassisni o‘qitgan va Yaponiyada yuqori daromadli ishga joylashtirgan.

 

“Kompaniya rahbariyati joriy yil 10-iyunda mamlakatimizga tashrif buyurib, Migratsiya agentligi bilan hamkorlik bitimini imzolaydigan bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, o‘sha kunning o‘zida Migratsiya agentligi hamda “Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange General Incorporated Association” (JCAEMCE) tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi va shu bilan “Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi.

 

Kelishuvga ko‘ra, “Yapon Mahorat Nuri” kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi. U yerda yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik va ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

 

Shuningdek, WiseBridge maxsus onlayn platformasi orqali Yaponiyadagi bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu platforma 2025-yil iyun oyida faoliyatni boshlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//