Qaysi viloyatlarda narxlar tez o‘sayotgani ochiqlandi

Saqlash
15:51 / 02.06.2025 149 0

Statistika qo‘mitasining taqdim qilgan hisobotiga ko‘ra, inflyatsiya darajasi Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda yuqori o‘sgan.

 

O‘rtacha ko‘rsatkichdan baland bo‘lgan yillik inflyatsiya esa Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida qayd etilgan.

 

Tahlilda yozilishicha, joriy yilning may oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foiz bo‘lgan. Bu oyma-oy ko‘rsatkichlarga qaraganda bir yil ichidagi eng yuqori o‘sish hisoblanadi.

 

Ushbu oyda oziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,7 foiz, xizmatlar narxi 5,9 foiz qimmatlashgan.

 

Sharhda bunday holat ko‘p jihatdan kommunal xizmatlar sohasidagi tariflarning oshirilishi bilan bog‘liqligi aytilgan.

 

Bundan tashqari, asosiy turdagi oziq-ovqatlar turkumiga kiruvchi sabzavotlardan – bodring 61,1 foiz, pomidor 27,1 foiz arzonlashgan. Karam 14 foizga, kartoshka 1,9 foizga, piyoz narxi 1,2 foizga tushgan. Sabzi esa 15 foiz qimmatlashgan. Shu bilan birga, o‘simlik yog‘i 4 foizga, shakar narxi 2,2 foizga oshgan.

 

Mol va qo‘y go‘shti narxlari esa 0,8 foiz, parranda go‘shtida 0,3-0,5 foiz ko‘tarilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, tuxum 4 foiz, guruch 0,5 foiz, xom sut 0,2 foiz arzonlashgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//