BAA aeroportlarida kuzatilayotgan holat bo‘yicha bayonot berildi

Saqlash
15:22 / 02.06.2025 163 0

Foto: Shohruh Haydarov

 

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda Birlashgan Arab Amirliklari aeroportlarida o‘nlab o‘zbekistonliklar huquq-tartibot idoralari tomonidan sababsiz ushlab turilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

 

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

 

“BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining tekshiruvlari cho‘zilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz”, deb yozdi vazirlik matbuot xizmati.

 

Ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonning Abu-Dabi shahridagi elchixonasi hamda Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan ushbu masalada zudlik bilan muzokaralar o‘tkazgan va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

 

BAA tomoni mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilib ketayotganini ma’lum qilgan.

 

Hozirda o‘zbekistonliklarni tezlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelishni boshlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//