Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Saqlash
14:43 / 02.06.2025 89 0

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski, vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali o‘zbekistonliklar aldanib, plastik kartalarga pul o‘tkazib bermoqda.

 

“Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir”, deyiladi murojaatda.

 

Agentlik agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinishini eslatib o‘tgan.

 

Murojaatda bunday holatlar uchun murojaatchilar (71) 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqamiga, shuningdek, @huquqiy_yordam_uzbot'ga bog‘lanishi lozimligi aytilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//