Hafta davomida ayrim hududlarda harorat +42 darajagacha ko‘tariladi

Saqlash
12:26 / 02.06.2025 108 0

O‘zgidromet 5-iyungacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida harorat +30– +35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +38 darajagacha bo‘ladi. Hafta o‘rtasiga kelib esa havo +36– +39 darajagacha, janubda +42 darajagacha isiydi.

 

Respublikaning shimolida bugun va ertaga havo harorati +38– +40 daraja bo‘lgan eng issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kunidan boshlab harorat asta-sekin +32– +37 darajagacha pasayishi boshlanadi.

 

3-4-iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 4-iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +30– +32, ertaga +33– +35, chorshanba va payshanba kunlari +35– +38 darajada bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//