
Siyosat
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Toqayev 2029-yilda davlat rahbari lavozimini tark etishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, bunday qaror jamoatchilik kutganidek, uning shaxsiy tanloviga ham mos keladi.
“2029-yilda isteʼfoga chiqishimni eʼlon qilganman. Chunki bu xalqim va oʻzimning shaxsiy talabimdir”, — dedi Toqayev.
Qozogʻiston rahbari prezident rolini davlat menejeri pozitsiyasi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
“Ishonchim komilki, har qanday mamlakatning, birinchi navbatda, mening mamlakatimning prezidenti Xudoning yerdagi soyasi emas, balki davlat boshqaruvchisidir. U — oʻz xalqi tomonidan yollangan davlat menejeri. Bizning holatimizda — atigi yetti yilga”, — deydi prezident.
Maʼlumot uchun, Qosim-Jomart Toqayev 2019-yil 20-mart kuni Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqqanidan keyin Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q