
Jamiyat
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘zlarining bolalik xotiralari bilan bo‘lishdi.
Jumladan, Ibrohim Abdurahmonov bolaligi olis qishloqda o‘tganini aytar ekan, uning eng muhim yumush qo‘y boqish bo‘lganini ta’kidlaydi.
"Bolalikda menga topshirilgan eng muhim yumush qo‘y boqish bo‘lgan. Ertalab ikkita nonni belimizga tugib, dalaga qo‘y boqishga ketar edik, kechqurun qo‘yni haydab yana ortga qaytardik", deydi u.
Ma’lumot uchun, Ibrohim Abdurahmonov 1975-yil Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan.
Sherzod Kudbiyev esa maktabga o‘z tengdoshlarimdan ertaroq borgani sababli 15 yoshida talaba bo‘lganini ma’lum qilgan:
“Juda sho‘x bo‘lganman,9 qavatli uyning zinapoyasi (pojarniy)ga osilib chiqib, pastga tushish men uchun oddiy mashg‘ulot bo‘lgan — qo‘rqmas, to‘xtamas bola edim. Erta ulg‘aygansan, deyishadi. Chindan ham shunday bo‘lgan — men maktabga ham o‘z tengdoshlarimdan ertaroq borganman. 15 yoshimda talaba bo‘ldim”, deya esalaydi Soliq qo‘mitasi raisi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Kudbiyev 1981-yil 12-aprel kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Hilola Umarova Germaniyada tug‘ilganini aytadi:
“Germaniyada tug‘ilib, maktab yoshigacha o‘sha yerda katta bo‘ldim. Keyin Toshkentga kelib, maktabda o‘qidim”, deydi vazir.
Ma’lumot uchun, Umarova 1988-yilda Germaniyaning Veymar shahrida tavallud topgan.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov bo‘lsa bolaligida o‘ynashga ham vaqti bo‘lmaganini urg‘ulagan:
“Katta oilada o‘sganman. 10 ta farzandning beshinchisiman. Otam davlat xizmatchisi bo‘lgan, shunga tarbiyamiz bilan onam shug‘ullangan.
O‘ynashga vaqtimiz bo‘lmasdi. Maktabdan keyin chorva, tomorqa zimmamizda edi. Kitob o‘qish, dars qilishimizni dam olishdek qabul qilardik”, deya bolaligini xotirlaydi Sharipov.
Ma’lumot uchun, Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963-yil 24-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q