
Jamiyat
Toshkent shahar Turizm boshqarmasi hududda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga rasmiy ogohlantirish yubordi. Bu haqida advokat Bektosh Xatamov o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Hujjatga ko‘ra, Turizm qo‘mitasiga tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining murojaati kelib tushgan.
Unda joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston va BAA futbol terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 saralash bosqichining navbatdagi o‘yiniga sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida BAAga olib kelish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilayotgani keltirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Al Vahda” stadioni 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, mezbon davlat tomonidan O‘zbekistonga faqat 960 nafar muxlis uchun joy ajratilgan. Bu stadion sig‘imining 8 foizini tashkil etadi.
Murojaatda muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekanligi, bu esa xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi, talablarning buzilishiga olib kelishi haqida ma’lumot berilgan.
Shu bois BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining qaytarib yuborilishi asos sifatida taxmin qilinmoqda. Toshkent shahar Turizm boshqarmasi ushbu kunlari BAAga turpaketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya etgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q