FVV zilzila bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Saqlash
09:10 / 02.06.2025 120 0

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki sutkadan so‘ng sharqiy yarim shardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi oshmoqda. Sabab qilib kuchli magnit bo‘roni kuzatilayotgani keltirilmoqda” mazmundagi xabarlar tarqaldi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi seysmik faollik magnit bo‘roniga bog‘liq hodisa emasligini, shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyni prognoz qilishning imkoni yo‘qligini bildirdi.

 

Shu sababli, FVV fuqarolardan asossiz ma’lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘ragan.

 

Bundan tashqari, vazirlik Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalarni ko‘rsatuvchi anomal o‘zgarishlar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//