
Sport
Toshkentdagi JAR stadionida san’atkorlar va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol turnirida jamoat tartibini buzgan ishtirokchilarga sud tomonidan qonuniy chora ko‘rildi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vaziyat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Like Cup loyihasi jamoatchilik o‘rtasida keskin e’tirozlar keltirib chiqargani va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘lgani uchun vaqtincha to‘xtatilgan.
To‘polonni boshlagan blogerning aytishicha, u bu ishni har ikkala jamoa a’zolari bilan kelishgan holda amalga oshirgan. Go‘yoki ikki jamoa o‘rtasidagi janjal sahnalashtirilgan. Maqsad esa obunachilarni ko‘paytirish, o‘yinga omma e’tiborini qaratish va piar bo‘lgan.
“O‘zi bu oldindan kelishilgan edi, misol uchun janjallashib ketishimiz. Bu — piar-da, shou qilmoqchi bo‘lganman. Men endi yangi chiqqan blogerman, o‘zimga xayp ishlamoqchi bo‘ldim. Xalqdan kechirim so‘rayman, bu ish boshqa takrorlanmaydi”, degan janjalda qatnashgan bloger.
“Juda katta xato bo‘ldi, ya’ni biz tashkilotchilar tomonidan va qolaversa, mana shu epizodni yuzaga keltirgan ayrim bir futbolchilar tarafidan xunuk holat yuzaga keldi va bu holat bir madaniyat xodimi sifatida meni o‘zimga juda qattiq ta’sir qildi. Biz tarafdan mana shuni nazoratga ololmaganimiz, ularning hissiyotlarini biz nazoratga ololmaganimiz tashkilotchilarning katta xatosi bo‘ldi deb o‘ylayman. Xalqimizdan ham shu yigitlarni ko‘rsatgan hunari uchun uzr so‘rayman”, degan loyiha tashkilotchisi Alisher Uzoqov.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sayyor sud majlisida Alisher Uzoqov, Abdurahmon Mavlonov, Nurjalol Rahmonaliyev va Dilshodbek O‘rozboyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddaning (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) birinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Har biriga BHMning 10 barobari (3 million 750 ming) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Kamoliddin Mamajonov ham shu moddalari bilan aybdor deb topilib, BHMning 12 barobari (4,5 million so‘m) miqdorda jarima jazosiga tortildi, Ozodbek O‘rozboyevga esa 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q