Toshkent metrosining ikki bekati vaqtincha ishlamaydi

Saqlash
10:41 / 01.06.2025 160 0

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Turon” va “Qipchoq” bekatlari vaqtincha ishlamaydi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 14 ta bekatdan iborat mazkur yo‘nalish bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Endi undagi bekatlar oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

 

Xususan, 8-iyundan boshlab 2 ta: “Turon (13-bekat) — Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

 

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida “Qipchoq” — “Quruvchilar” — “Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ularning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//