Madaniyat
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutining “Estrada xonandalik” kafedrasi mudiri, professor, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor va ustoz Dilorom Omonullayeva 66 yoshida olamdan oʻtdi.
Dilorom Omonullayeva zamonaviy oʻzbek estradasining shakllanishi va rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ijodkor sifatida yurtimiz musiqa sanʼatida munosib iz qoldirdi.
Kompozitor D.Omonullayeva U.Azim, E.Obidov, N.Narzullayev, Z.Moʻminova, H.Xudoyberdiyeva kabi mashhur shoirlarning sheʼrlariga musiqalar bastalab, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Saraton”, “Sen qaydasan”, “Yigʻlama”, “Yolgʻon dunyo” kabi 100 dan ortiq qoʻshiqlari orqali minglab tinglovchilarning qalbidan joy olgan edi.
1997-yilda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasini yaratgani, “Doʻstlik” ordeni va “Ofarin” mukofoti kabi yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlgani Dilorom Omonullayevaning sanʼatimizdagi oʻrni naqadar muhim ekanidan dalolat beradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumaning vafoti munosabati bilan ustoz bastakorning oila aʼzolari, yaqinlari, shogirdlari va butun sanʼat ahliga chuqur hamdardlik bildiradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111597
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q