
Madaniyat
Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga toʻgʻri keladi. Bu toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, aholining Qurbon hayiti bayramini munosib oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.
Turizm qoʻmitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklandi.
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q