
Jamiyat
Mudofaa ishlariga chaqiruvlar elektron tarzda amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron hamkorlik va ma'lumotlar almashinuvini yanada takomillashtirish maqsadida, endi fuqarolarni Mudofaa ishlari organlariga chaqiruv elektron shaklda amalga oshiriladi.
Bunda chaqiruvchilar va harbiy xizmatga majbur fuqarolarni tuman, shahar Mudofaa ishlari bo‘limlariga etib kelishlari yuzasidan elektron xabardor qilish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuboriladi. Bunda fuqaro mazkur ilovada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur. Xabarnoma mobil ilovaning “Xabarnomalar” bo‘limida aks etadi.
Chaqiruvchi fuqaro:
- tug‘ilganlik guvohnomasi,
- shaxsiy pasporti,
- harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan vaqtda hududiy mudofaa bo‘limiga yetib kelishi shart.
Qayd etilishicha, mazkur tizim hozircha test rejimida ishlamoqda. Shu bois qog‘ozli chaqiruv tartibi ham amalda qolmoqda.
Bundan tashqari, xarbiy xizmatga kontrakt asosida kirish istagida bo‘lganlar ham arizalarni onlayn tarzda topshirish mumkinligi ta'kidlangan.
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q