
Jamiyat
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va UNICEF” yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirlari Asilbek Xudoyorov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Xabarga ko‘ra, tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy yordam ko‘rsatishda tajriba almashish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha mamlakatlar koalitsiyasi doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, Orolbo‘yi aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi ekologik omillarni kompleks o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qilgan.
Muloqotda bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik markaz yaratish taklifini bergan va uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.
Bundan tashqari, Milliy ilmiy onkologiya markazi negizida Kattalar onkologiyasi va onkogematologiyasi bo‘yicha xalqaro xab, shuningdek, UMC yurak markazi negizida bolalar kardiojarrohligi xalqaro xabini tashkil etish, xususan, qoraqalpog‘istonlik bolalarga yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ham taklif etilgan.
Uchrashuv yakunida joriy yilda O‘zbekistonda qozoq tibbiyoti kunlari va 2026-yilda Qozog‘istonda o‘zbek tibbiyoti kunlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida Xalqaro xab tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q