O‘zbekistonda ayollar bandligiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi

Saqlash
17:36 / 29.05.2025 109 0

2024-yildagi Uy xo‘jaliklari byudjet so‘rovi (HBS) natijalari tahlil qilinib, ayollar bandligiga ta’sir qiluvchi omillar tadqiq qilindi.

 

Natijalarga ko‘ra ayollarning oliy ta’limga egaligi ularning bandligini oshiradigan muhim omil hisoblanadi. Bandlikka ijobiy ta’sir qiluvchi eng katta omil esa ayolning ajrashgan ekanligi ko‘rinadi.

 

“Bunga asosiy sabablardan biri farzandlari va o‘zining ta’minotiga javobgarlik ekanligi bo‘lishi mumkin”, deyiladi tadqiqot tahlilida.

 

Shuningdek, uy xo‘jaligidagi 2–7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etilishi ham ayollar bandligiga statistik jihatdan ahamiyatli tarzda ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

 

Aksincha, uy xo‘jaligida nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi bois ayollar ularga parvarishlovchi vazifasida bo‘ladi va ularning mehnat bozoridagi faolligi cheklanadi.

 

Shu bilan birga, uy xo‘jaligi boshlig‘ining ishli ekani ham uy xo‘jaligidagi ayollarning band bo‘lishida statistik jihatdan yuqori ahamiyat kasb etishi va ijobiy ta’sirga ega bo‘lishi aniqlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda ayollarning bandligiga ta’sir qiluvchi omillarning 3 ta asosiy sababi bor. Bular:

▪️ ro‘zg‘or boshlig‘ining oliy ta’limga egaligi;

▪️ oila a’zolari sonining ko‘pligi yoki kamligi;

▪️ uy xo‘jaligida nogironligi bo‘lgan shaxsning borligi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//