
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Meloniga italiyalik yozuvchi, siyosatshunos, faylasuf Nikollo Makiavelli qalamiga mansub “Hukmdor” (il Principe) asarining o‘zbek tilidagi nashrini topshirdi.
Ma’lumot uchun, asar 1513-yilda yozilgan bo‘lib, siyosiy realizmning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilari “O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” ko‘rgazmasini borib ko‘rdi.
Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o‘rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan. U “Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari”, “Birinchi Uyg‘onish davri”, “Marko Polo”, “Amir Temur”, “Mirzo Ulug‘bek” va “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “XIX asrda O‘zbekistondagi italiyaliklar”, “Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning Italiyani ozod qilishga qo‘shgan hissasi”, “O‘zbekiston va Italiya: madaniy asrash" kabi 9 ta mavzuli bo‘limdan tashkil topgan.
Xabarga ko‘ra, mehmonlarga Afrosiyobning “Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilish marosimi” nomli devoriy suratning mashhur italiyalik usta Mauro Pellitsonni tomonidan Florensiya mozaikasi uslubida ishlangan noyob nusxasi namoyish etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q