
Jamiyat
Iqtisodiyot va moliya vazirligi navbatdagi hisobotiga ko‘ra, davlat kafolati ostidan olingan kreditlarning 84 foizi tashqi qarzlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu 35,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Ichki qarz esa – 6,9 mlrd dollar.
Xabarga ko‘ra, 2025-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paygan va jami hisobda 42,4 mlrd dollardan oshgan.
Insfografika: Daryo
Chet eldan jalb qilingan kreditlarning 19,7 mlrd dollaridan qat’iy belgilangan 15,7 mlrd dollari o‘zgaruvchan foiz stavkada olingani aytiladi.
Ta’kidlanishicha, davlat qarzi tarkibida tashqi qarz ulushi tez o‘smoqda.
Quyidagi suratda qaysi tashkilotlar O‘zbekistonga ko‘proq kredit berayotgani ko‘rsatilgan:
Insfografika: Daryo
Hisobotda qayd etilishicha, davlat tashqi qarzining 16,8 mlrd dollari (47 foizi) byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.
Mazkur suratda kredit mablag‘lari qaysi tarmoqlarga nisbatan ko‘proq sarflangani keltirilgan:
Insfografika: Daryo
Eng yirik qarz mablag‘lari yoqilg‘i-energetika tarmoqlariga sarflanmoqda.
Ma’lumot uchun, oxirgi olti yilning birinchi choraklarida davlat qarzi miqdorlari quyidagicha bo‘lgan:
▪️ 2019-yil — 17,8 mlrd dollar;
▪️ 2020-yil — 18,3 mlrd dollar;
▪️ 2021-yil — 23,2 mlrd dollar;
▪️ 2022-yil — 26,1 mlrd dollar;
▪️ 2023-yil — 29,7 mlrd dollar;
▪️ 2024-yil — 35,3 mlrd dollar.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q