
Jamiyat
Buxoroda yangi Islomiy ilmiy-tadqiqot markazi – Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi ishga tushirildi.
Xabarga ko‘ra, markaz islom dinining buyuk arbobi, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida tashkil etilgan.
Markaz direktori etib esa “Chor Bakr” masjidi imom-xatibi, Islomshunoslik fanlari bo‘yicha fan doktori, dotsent Azizxo‘ja Xayrulloyevich Inoyatov tayinlangan.
Markaz faoliyatidan ko‘zlagan maqsad:
▪️ Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish;
▪️ tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish;
▪️ "Yetti pir" allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish;
▪️ naqshbandiylik ta’limotining ezgu g‘oyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, ko‘rgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
▪️ tasavvuf ta’limotining ilmiy asoslangan g‘oyalarini targ‘ib qilish;
▪️ soxta tariqatchilikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ma’lumot uchun, Naqshbandiya tariqati dunyoda eng ko‘p yoyilgan tariqatlardan biri bo‘lib, millionlab mo‘min-musulmonlar tomonidan amal qilinadi. Shu bois, Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga har yili minglab ziyoratchilar tashrif buyuradi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q