
Siyosat
27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan BMT Bolalar jamgʻarmasi – UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar oʻrtasida BMT tizimidagi ushbu yetakchi ixtisoslashgan institut bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatda bolalar huquqlarini taʼminlash va imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi milliy dastur qoʻllab-quvvatlandi.
Tashkilot koʻmagida Oʻzbekistonda bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha qonun, aholini ijtimoiy himoya qilish va bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish sohasida strategik hujjatlar qabul qilindi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinatsiya tizimini rivojlantirishga koʻmaklashildi.
Uchrashuv doirasida qonunchilikni takomillashtirish, bolalarni parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmat va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash, milliy standartlarni ishlab chiqish, ijtimoiy sugʻurtani kengaytirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
2030-yilgacha moʻljallangan yangi Mamlakat dasturini qabul qilish, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish masalalari boʻyicha qator xalqaro tadbirlarni birgalikda oʻtkazishga kelishib olindi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q