
Madaniyat
Madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar ragʻbatlantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida xabar berildi.
Unga koʻra, 27-may kuni “Ijodkor yoshlarni koʻllab-kuvvatlash va ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (329-son, 27.05.2025-y.) qabul qilingan.
Qarorda qayd etilishicha, madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi:
- ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
- madaniyat sohasida sunʼiy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha “Ijodiy texnolaboratoriya” tashkil etiladi;
- umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida “Ijodkor yoshlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
- “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlari oʻquv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Bundan tashqari, Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari koʻriladi.
2026-yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q