
Siyosat
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva bojxonachiga ekologik sertifikat masalasi yuzasidan savol berib, unga konstitutsion normani eslatdi.
Norboyeva gibrid elektromobillardan ekologiya sertifikati talab qilinayotgani toʻgʻrisida savol bilan bojxona vakiliga yuzlandi. Bojxonachi gibrid elektromobillardan bojxona tarafidan ekologiya sertifikati talab qilinmayotganini aytdi. Unga javoban Tanzila Norboyeva senator soʻrovi yuborilgunicha pul olib yurilganini ta'kidladi.
Bojxona vakili qayd etishicha, u mablagʻlar Ekologiya qoʻmitasiga yo'naltirilgan va bu masalada yanada aniqlik kiritib olinadi.
Tanzila Norboeva Normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonunning 18-moddasini eslatib, inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishini ta'kidladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q