Olmaota Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri deb topildi

Saqlash
11:51 / 28.05.2025 183 0

Oxford Economics Global Cities Index 2025 natijalariga koʻra, Olmaota Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri deb topildi.

 

Oxford Economics — iqtisodiy konsalting boʻyicha mustaqil kompaniya boʻlib, uning 2025-yilda yangilangan indeksi shaharlarning strukturaviy afzalliklari, imkoniyatlari va duch kelinadigan muammolarini aks ettiradi. Baholash 5 ta kategoriya boʻyicha turli koʻrsatgichlar, xususan:

 

- iqtisodiyot;

- inson kapitali;

- hayot sifati;

- ekologiya

- boshqaruv boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Dunyoning 1000 ta eng yaxshi shahri roʻyxatida Almati 258-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, inson kapitali toifasida shahar 64-oʻrinda qayd etildi. Ayni paytda Qozogʻistonning janubiy poytaxti Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda turadi.

 

Mazkur indeksda Toshkent shahri ham baholanib, Markaziy Osiyoning eng yaxshi shaharlari reytingida uchinchi, umumiy reytingda 471-oʻrinni egallagan.

 

Markaziy Osiyoning eng yaxshi shaharlari:

 

- Olmaota (258-oʻrin);

- Ostona (276-oʻrin);

- Toshkent (471-oʻrin);

- Bishkek (498-oʻrin);

- Chimkent (534-oʻrin);

- Ashxobod (623-oʻrin);

- Dushanbe (683-oʻrin).

 

Dunyoning eng yaxshi shaharlari (top 10):

 

1. Nyu-York (AQSH);

2. London (Buyuk Britaniya);

3. Parij (Fransiya);

4. San-Xose (AQSH);

5. Sietl (AQSH);

6. Melburn (Avstraliya);

7. Sidney (Avstraliya);

8. Boston (AQSH);

9. Tokio (Yaponiya);

10. San-Fransisko (AQSH).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Siyosat

09:00 / 30.05.2025 0 5
Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

16:21 / 29.05.2025 0 180
1-iyundan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Siyosat

14:51 / 29.05.2025 0 113
Endi Samarqandda “Rim” bor

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
108765
72061

//