Matematik olim Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

Saqlash
09:36 / 28.05.2025 134 0

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, yurtimizning taniqli matematik olimi Azimboy Sa’dullayev 2025-yil 28-may kuni, 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O'zR Fanlar akademiyasi xabar berdi.

 

Azimboy Sa’dullayev o‘zining boy ilmiy merosi, fidokorona mehnati, yuqori salohiyatli pedagoglik faoliyati, halolligi va  insoniy fazilatlari bilan Vatan va xalq oldida beqiyos xizmat ko‘rsatgan..

 

U tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Olimning "Ko‘p kompleksli o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi" va "Kompleks potensiallar nazariyasi" sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

 

Qayd etilishicha, Azimboy Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni, "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Siyosat

09:00 / 30.05.2025 0 5
Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

16:21 / 29.05.2025 0 182
1-iyundan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Siyosat

14:51 / 29.05.2025 0 113
Endi Samarqandda “Rim” bor

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
108765
72061

//