Bugun ba’zi hududlarda chang-to‘zonli shamol va sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

Saqlash
08:50 / 28.05.2025 138 0

Bugun, 28-may kuni kunduzi Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi Uzgidromet.

Kunning birinchi yarmida faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida,  ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Shamol 7-12 m/s tezlikda chang-to‘zonlar bilan esib, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.

 

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.

 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//