
Jamiyat
Migratsiya agentligi va Germaniyaning “RecruitMed GmbH & Co. KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari yangi imkoniyat taqdim etilmoqda.
E’longa ko‘ra, nomzodlar hamshira sifatida Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi.
Bunda oylik ish haqi 2800 yevro(41 mln 101 ming so‘m)dan boshlanadi(uy ijarasi va ovqatlanish o‘z hisobidan). Agar malaka tan olinsa, ish haqi ko‘tariladi, masalan – 3300 yevro(48 mln 440 ming so‘m).
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️ kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida);
▪️ yoshi 18–40 yosh oralig‘ida;
▪️ sudlanmagan, sog‘lom bo‘lishi;
▪️ tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta’lim (bakalavr) diplomi bo‘lishi.
Beriladigan imtiyozlar:
▪️ 12 oylik nemis tili kurslari (Termiz & Nukusda);
▪️ Kurs materiallari, imtihonlar, til sertifikati (B2);
▪️ Germaniyada malaka tasdig‘i;
▪️ Vizaga ariza topshirish va ishga joylashish;
▪️ Aviachipta va transfer;
▪️ Yashash joyini topishda yordam;
▪️ 13-oylik maosh tizimi, sug‘urta, mehnat ta’tili;
▪️Doimiy qo‘llab-quvvatlash.
Ma’lumot uchun, hozirda bo‘sh ish o‘rinlari 50 tani tashkil etadi.
Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (55) 102-53-32 / (76) 222-45-22
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q