
Jamiyat
Oila va nikohga oid fobiyalar ko‘pincha o‘zaro munosabatlar, mas’uliyat va o‘zgarishlar bilan bog‘liq noaniqliklardan kelib chiqadi.
Tabiiyki, erkaklardan ko‘ra ayollar qo‘rquvga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Ehtimol, ota-onalar qizlarini o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘proq tobe bo‘lishga undashlari bunga sababdir.
Aksariyat jamiyatda ayollarning har qanday narsadan qo‘rqishlariga odatiy hol sifatida baho berilishi o‘g‘il bolalarga nisbatan nozikroq va hissiyotliroq ekanini bildiradi.
Hozirda yoshlarning oilaviy hayotga ta’sir ko‘rsatayotgan fobiyalari bir nechtaga bo‘linadi.
Bular:
▪️ Mas’uliyatdan qo‘rqish — bu, odatda, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik va oila qurish jarayonidagi vaziyatlarni boshqarishda kelib chiqadigan (ya’ni mas’uliyatni zimmasiga olish, farzand tarbiya qilish, oila moliyasini boshqarish kabi) qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
▪️ Ajralish yoki xiyonatdan qo‘rqish — bu turdagi fobiya o‘tmishdagi xiyonat, oilaviy ajralish yoki mehr-muhabbatning so‘nishi natijasida rivojlanadi.
Bunday vaziyatlarning qayta takrorlanishidan qo‘rish sababli inson oilaviy munosabatlarni shakllantirishga cho‘chiydi. Ba’zilar ota-onasining ajralishishini ko‘rganida o‘zlari ham o‘sha yo‘ldan borishdan qo‘rqadi.
Jamiyatda ajralishning salbiy ko‘rinishi va oilaviy hayotning muvaffaqiyatsizligi haqidagi stereotiplar bu qo‘rquvni kuchaytiradi.
▪️ Boshqa insonlar bilan til topishishdan qo‘rqish — bu o‘zaro munosabatlar va jamiyatdagi odamlar bilan muloqotga kirishishda yoki o‘zini ko‘rsatishda to‘sqinlik qiladi.
▪️ O‘ziga baho berishning pastligi — shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligi yoki o‘z-o‘zini past baholashi oila qurishga nisbatan qo‘rquvni kuchaytirishi mumkin. O‘zini yaxshi his qilmaslik, turmushni boshqarishga qobiliyatsiz deb his qilish, o‘zini baxtsiz deb o‘ylash fobiyalarni keltirib chiqaradi.
▪️ Emotsional yetuklikning yo‘qligi — (emotsional yetuklik – bu, hissiyotlarni anglash, boshqarish va to‘g‘ri yo‘l bilan ifodalash qobiliyatidir) hissiy yetuklikning pastligi oila va nikohga nisbatan qo‘rquvlarni kuchaytirishi mumkin, chunki bunday insonlar ko‘pincha stressdan chiqish, konfliktlarni hal qilish va o‘z hissiyotlarini boshqarishda qiynaladi. Oila qurish va o‘zaro munosabatlarni boshqarishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi tufayli qo‘rquv va xavotir kuchayadi.
▪️ Mustaqillik va erkinlikni saqlash istagi — ba’zi odamlar oila va nikohga kirishdan qo‘rqadi, boisi ular mustaqillikni saqlashni xohlaydi. Ular oila va nikohni erkinlikni yo‘qotish, mas’uliyat va majburiyatlarni orttirish deb hisoblaydi. Ularda oila qurish va farzand tarbiyasidagi mas’uliyatlar bunday erkinlikni cheklaydi degan fobiya shakllanadi.
▪️ Ijtimoiy bosimlar — jamiyatda nikohga nisbatan mavjud bo‘lgan qarashlar va normativlar ba’zida odamlarni o‘zini to‘g‘ri yoki yetarlicha tayyor his qilishga qarshi qo‘yishi mumkin. Nikohning ijtimoiy ahamiyatiga doir o‘ziga xos talablari ayrim hollarda bosimlarga qarshi kurashish va muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquvini keltirib chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, oila va nikohga taalluqli fobiyalar o‘zaro munosabatlar, mas’uliyat va hayotdagi o‘zgarishlarga tayyorlik bilan bog‘liq turli hissiy qo‘rquvlarni ifodalaydi.
Ular esa nikohga tayyorgarlik jarayonida yoki oilaviy hayot davomida kishini ruhiy qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin. Fobiyalarni aniqlash, ularning asosiy sabablarini tushunish va zarur hollarda psixologik yordam olish baxtli va barqaror oila qurishda muhim rol o‘ynaydi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q