
Jamiyat
Turkiya davlati sobiq prezidenti Abdulloh Gul rafiqasi Xayrinisa Gul bilan birgalikda birinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Bu haqida sobiq rahbar o‘z Meta (Facebook) sahifasida ma’lum qildi.
“Turk-islom tarixining “oltin davri”ga guvoh bo‘lgan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga birinchi marta tashrif buyuryapman. O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, jonlanish va taraqqiyot meni lol qoldirdi”, deb yozdi u o‘z sahifasida.
Sobiq prezidentga O‘zbekistonning Turkiyadagi sobiq elchisi, hozirda Senatda qo‘mita raisi lavozimida bo‘lgan Alisher A’zamxo‘jayev hamrohlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Abdulloh Gul 2007-2014-yillarda Turkiyaning prezidenti bo‘lgan. U mamlakatning o‘n birinchi prezidenti hisoblanadi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q