
Madaniyat
Xalqaro KANN festivalining g'oliblari e'lon qilindi. G'oliblar fransuz aktrisasi Juliette Binoche raisligida, amerikalik aktrisa va kinorejissyor Xelli Berri, hind rejissyori va ssenariy muallifi Payal Kapadia, italyan aktrisasi Alba Rorvacher, frantsuz-marokashlik yozuvchi Leyla Slimani, kongolik rejissyor, hujjatli rassom va ssenariy muallifi Xomading, meksikalik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser Karlos Reygadas va amerikalik aktyor Jeremi Strongdan iborat hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan tanlangan.
Tanlovda taqdim etilgan 22 ta film orasidan quyidagilar g'oliblikka loyiq topildi:
- Oltin palma yaprog'i — "Oddiy tasodif" (Jafar Panahi)
- Gran-pri — "Sentimеntal qiymat" (Yoakim Trier)
- Hakamlar e'tirofi — "Sirot" (Oliver Lashe) va "Qulash ovozi" (Masha Shilinsky)
- Eng yaxshi rejissyor — "Sirli agent", Kleber Mendonsa Filo
- Eng yaxshi ssenariy — "Yosh onalar" (aka-uka Dardenlar)
- Hakamlar hay'ati mahsus mukofoti — "Tirilish", (Bi Gan)
- Eng yaxshi aktrisa — “Singil”, Nadiya Melliti
- Eng yaxshi aktyor — “Maxfiy agent”, Vagner Moura
- “Oltin kamera” mukofoti — “Prezident torti”, Hasan Hadi
- FIPRESCI (Xalqaro kino tanqidchilari federatsiyasi) mukofoti — “Maxfiy agent”, Kleber Mendonsa Filyo
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q