Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
10:57 / 26.05.2025 144 0

O‘zgidromet 30-maygacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unda yozilishicha, ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

 

Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida, ertaga (27-may kuni) Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Bugun kunduzi havo harorati +27– +32, ertaga +22– +25, 28–30-may kunlari +25– +30, ba’zi joylarda esa +32 darajada bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +29– +31 darajada bo‘ladi.

 

Ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +23– +25 darajada bo‘ladi.

 

28-may – chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +28– +30 darajada bo‘ladi.

 

29-30-may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29-mayda kechga tomon, 30-mayda esa kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol vaqti-vaqti bilan 12–14 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//