Jamiyat
Foto: Gazeta.uz
Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 25 may kuni mamlakat hududida, asosan, quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ayrim hududlarda qisqa muddatli noqulay ob-havo hodisalari kuzatilishi mumkin, bu esa e’tibor va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Jumladan, shamol kuchayishi va chang bo‘ronlari sodir bo‘lishi mumkin. Vazirlik bunday paytda fuqarolardan ehtiyot choralariga amal qilishni so‘ramoqda.
“Imkon qadar daraxtlar ostida va uzoq yillik yoki qurigan daraxtlar yaqinida bo‘lmaslikka harakat qiling va transport vositalarini bunday joylarga qo‘ymang, chunki kuchli shamol bunday daraxtlarning qulashiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish zarurligi aytildi.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q