
Jamiyat
O‘zgidromet 25-may uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechqurun Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat +30- +35° bo‘ladi.
Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi mumkin. Harorat +32- +34° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +22- +27° bo‘ladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q