O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi bo‘yicha rekord qayd etildi

Saqlash
18:39 / 24.05.2025 94 0

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.

 

Ma’lumot uchun, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 74,7 yosh edi.

 

Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:

1991-yilda – 66,4 yosh;

1995-yilda – 69,1 yosh;

2000-yilda – 70,8 yosh;

2005-yilda – 71,8 yosh;

2010-yilda – 73 yosh;

2015-yilda – 73,6 yosh;

2020-yilda – 73,4 yosh;

2024-yilda – 75,1 yosh;

 

Eslatib o‘tamiz, respublikada 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//