Bu yil qancha o‘quvchi maktabni oltin medal bilan bitirayotgani ma’lum qilindi

Saqlash
13:13 / 24.05.2025 132 0

Bugun butun O‘zbekiston bo‘ylab “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ta’kidlash lozim, joriy yilda respublikadagi mavjud 10 146 ta umumta’lim maktabida 632 946 nafar o‘quvchi 9-sinfni, 451 073 nafar o‘quvchi esa 11-sinfni tugatmoqda. 

 

11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 987 nafar;

Andijon – 39 598 nafar;

Buxoro – 23 619 nafar;

Jizzax – 18 367 nafar;

Qashqadaryo – 44 670 nafar;

Navoiy – 13 427 nafar;

Namangan – 37 476 nafar;

Samarqand – 51 875 nafar;

Surxondaryo – 35 997 nafar;

Sirdaryo – 11 105 nafar;

Toshkent – 35 764 nafar;

Farg‘ona – 47 068 nafar;

Xorazm – 29 074 nafar;

Toshkent sh. – 41 132 nafar.

 

2024/2025-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisiga a’lo bahosi va namunali xulqi bilan o‘rnak ko‘rsatgani uchun maktab medallari topshiriladi.

 

Ularning 2 475 nafari kumush, 11 566 nafari esa oltin medallari bilan taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//