“Ijtimoiy himoya kuchaytirilmasa, 266 mln kishi qashshoqlik domiga tushishi mumkin” – Tadqiqot

Saqlash
15:58 / 23.05.2025 58 0

UNESCAP (BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi) tadqiqotiga ko‘ra, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ijtimoiy himoya choralari yetarlicha kuchaytirilmasa, iqlim o‘zgarishi, demografik o‘zgarishlar va tez sur’atli raqamlashish sabab 266 million kishi qashshoqlik domiga tushishi mumkin.

 

Endi mintaqa YAIMining 6–9 foizi salbiy oqibatlarga qarshi kurashish maqsadida sarflanishi kutilmoqda. Ayni paytda YAIMning 3,3 foizi bilan bu muammoning oldi olinishi mumkin.

 

 Ta’kidlanishicha, hozirda har 3 davlatning bittasi tomonidan ijtimoiy himoyaga sarflanadigan mablag‘ YAIMning atigi 2 foizini tashkil qiladi.

 

Mintaqa aholisining 45 foizi esa umuman ijtimoiy himoya bilan qamrab olinmagan.

 

Mutaxassislar ushbu muammoni hal etish uchun quyidagi tavsiyalarni bermoqda:

▪️ Hamma uchun universal va badal to‘lanmaydigan ijtimoiy himoyani joriy qilish;

 

▪️ Har qanday hayotiy davr mobaynida (bolalik, homiladorlik, nogironlik, keksalik) qo‘llab-quvvatlash;

 

▪️ Uzoq muddatli barqarorlik va inklyuzivlik uchun aqlli investitsiya qilish.

 

“Yuqorida eslatilgan muammolar O‘zbekistonda ham kuzatilishi kutilmoqda. Ijtimoiy himoyani kuchaytirish orqali kelajakdagi salbiy oqibatlar badalining miqdorini bugun kamaytirish mumkin”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//