O‘zbekistonda pillachilik sohasiga yordam beradigan qurilma ixtiro qilindi

Saqlash
14:29 / 23.05.2025 54 0

“Tut ipak qurti pillalarini bug‘lash qurilmasi” nomli ixtiro IAP 7903-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

 

Xabarga ko‘ra, ixtiro qishloq xo‘jaligining pillachilik sohasiga tegishli bo‘lib, pillalarga dastlabki ishlov berish bazalarida qo‘llanilishi mumkin.

 

 

Respublika sharoitida pillalarga dastlabki ishlov berishda energiya resurslari sarfini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri quyosh nuri energiyasidan foydalanish hisoblanadi.

 

Ushbu qurilma pillalarga quyosh energiyasining bevosita va bilvosita ta’siridan foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, pillalarni tabiiy xossalarini saqlab qolish, sarf etilayotgan katta miqdordagi suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasi kabi energoresurslarni to‘liq iqtisod qilish imkonini beradi. 

 

Adliya vazirligi, shuningdek, yangidan yaratilgan mahsulotning qonuniy asosda himoya qilinishini ham tushuntirib o‘tdi.

 

"Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi", deyiladi xabarda.

 

Bunda har qanday sohada:

▫️ mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);

▫️ usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

 

Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//