
Jamiyat
Oʻzbekiston xalqaro reytingda ijobiy natijalarga erishmoqda. Jumladan, mamlakat taqdim qilingan 9 ta reytingda yuqorilashga erishgan.
Jumladan, respublika Elektron hukumat rivojlanish indeksida – 6 pogʻonaga (63-oʻrin), Global tinchlik indeksida – 15 pogʻonaga (60-oʻrin), Ochiq maʼlumotlar indeksida 16 pogʻonaga (12-oʻrin) yuqorilagan.
Global startap ekotizimi indeksida esa mamlakat 12 pogʻonaga koʻtarilib, 98-oʻringa chiqqan va dunyo boʻyicha eng yaxshi 100 ta davlat qatoriga kirgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Pasportlar indeksi (3 pogʻonaga, 65-oʻrin), Statistik samaradorlik indeksi (17 pogʻonaga, 62-oʻrin), Hukumatlarning sunʼiy intellektga tayyorligi reytingi (17 pogʻonaga, 70-oʻrin), Logistika samaradorligi indeksi (11 pogʻonaga, 88-oʻrin) kabilarda ham yaxshilash qayd etgan.
Parlamentdagi ayollar reytingida boʻlsa 13 pogʻona yuqorilagan va 38-oʻrinni egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q