
Jamiyat
Adliya vazirligi 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochiga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni soʻradi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu maʼlumotlar shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida toʻplangan.
“Qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilishi lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.
Taʼkidlanishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi.
Vazirlik mualliflik huquqi buzilgan ijod vakillaridan “1008” ishonch telefoniga bogʻlanishni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishni soʻramoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q