Endi mehmonxonalarda hujjat taqdim etmay xona band qilish mumkin

Saqlash
12:04 / 22.05.2025 77 0

Prezidentning sayyohlar oqimini keskin oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatda ichki turizmni ommalashtirish, bunda xizmatlarni raqamlashtirish hamda diversifikatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish ham maqsad qilingan.

 

Jumladan, endilikda Yagona milliy turizm platformasi orqali mehmonxonada joy band qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatmasdan, MyID tizimida identifikatsiyadan oʻtishi mumkin boʻladi.

 

Bunda mazkur tartib faqatgina Yagona milliy turizm platformasiga ulangan mehmonxonalarga xos boʻlib, ularning shaxsiy kabinetlarida QR-kod yoki yuzni tanish tizimi yordamida mehmonlarni identifikatsiya qilish funksiyasi ishga tushiriladi.

 

Yagona milliy turizm platformasi 2025-yil 1-sentyabrdan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

U mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun barcha turdagi xizmatlarni, jumladan, turar joyni onlayn band qilish, avtomobil ijarasi va taksiga buyurtma berish, avtobuslar, samolyotlar va poyezdlarga chiptalar sotib olish, muzeylar va attraksionlar, gid va ekskursovod xizmatlarini birlashtiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//