
Jamiyat
Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiya amalga oshiriladi. Bu boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2025–2030-yillarda Oʻzbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari belgilandi. Jumladan:
▪️ bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushi 65 foizgacha oshiriladi;
▪️ onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1-yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5-yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish chorasi koʻriladi;
▪️ saraton kasalligiga chalingan bolalar 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi ham ishlab chiqilgan.
Farmon bilan mazkur strategiyani amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun, strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q