 
                   
                    Ilm-fan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Sammit doirasida “Turkiy dunyo birligiga qoʻshgan hissasi uchun” Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yilgi mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor boʻldi.
Shavkat Mirziyoyev Aziz Sanjarni samimiy tabriklab, nufuzli mukofotning ilm-fan arbobiga topshirilishi turkiy dunyo olimlari, jumladan, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirishini alohida taʼkidladi.
Turkiy davlatlar tashkilotining buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi mukofoti davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021-yilda taʼsis etilgan. U turkiy madaniyatni targʻib qilish, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va ishonchni mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlar oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qoʻshilgan alohida hissa uchun har ikki yilda bir marta topshiriladi.
Mukofot ilk bor 2022-yilda qirgʻiz yozuvchisi va jamoat arbobi marhum Chingiz Aytmatovga berilgan edi.
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q