Bugun Toshkentning 5 tumanida gaz, yana ayrim hududlarda elektr taʼminoti vaqtincha boʻlmaydi

Saqlash
10:28 / 21.05.2025 153 0

Bugun, 21-may kuni Toshkentning 5 tumanida 1 000 dan ortiq yerli xonadon va 100 dan ortiq “dom”da vaqtincha gaz boʻlmaydi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminotining rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

 

Taʼmirlash ishlari tufayli quyidagi hududlarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi:

 

- Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qizgʻaldoq” MFYdagi 235 ta yerli xonadonda, 2 ta yirik isteʼmolchida;

- Chilonzor tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Katta Olmazor” MFYdagi 12 ta koʻp qavatli uyda, 5 ta yirik isteʼmolchida;

- Shayxontohur tumani (10:00 dan 16:00 gacha): Navoiy koʻchasidagi 8 ta koʻp qavatli uyda;

- Mirzo Ulugʻbek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Mevazor” MFYdagi 483 ta xonadonda, 11 ta yirik isteʼmolchida;

- Sergeli tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Nomdanak” MFYdagi 510 ta yerli xonadonda, 7 ta yirik isteʼmolchida.

 

Shuningdek, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJning Telegramdagi rasmiy sahifasida ham poytaxt tumanlarining baʼzi hududlarida elektr taʼminoti ham boʻlmasligi haqida xabar berildi.

 

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

 

- Mirzo Ulugʻbek tumani: “Ulugʻbek shaharcha” hamda “Boʻz” MFYlarning ayrim hududlarida soat 11:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Birodarlik” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

 

Xabarga koʻra, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//