
Jamiyat
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti Oʻzbekistonda tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan qoʻllaniladigan zoʻravonlikka taʼsir qiluvchi omillar tahlilini taqdim qildi.
Ushbu tahlilni tayyorlash uchun respondentlar ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazilgan va qatnashchilardan oilada bolaning xulqini toʻgʻrilash uchun qanday xatti-harakatlar qilishi soʻralgan. Ushbu xatti harakatlarga asoslanib, oilada kattalar tomonidan bolalarga qilinishi mumkin boʻlgan zoʻravonliklar baholangan.
Natijalariga koʻra, koʻpchilik ota-onalar toʻgʻri xulq atvorni shakllantirish, biror nomaqbul xatti-harakatning nima sababdan yomonligini tushuntirish yoki bajarish uchun bolaga boshqa topshiriq berishlarini taʼkidlagan.
Mazkur jarayonda psixologik agressiya turlari jismoniy jazodan koʻra ancha keng tarqalganini koʻrish mumkin. Ayniqsa, baqirish juda ommabop jazolash turi boʻlib, ota-onalarning qariyb yarmi bu jazo turidan foydalanishini maʼlum qilgan.
Ogʻir jismoniy jazolash turlari (qulogʻiga, ketiga urish, kamar bilan urish) nisbatan yengilroq jismoniy jazolash turlariga nisbatan kamroq qoʻllangan.
Jismoniy jazo turlaridan eng keng tarqalgan usullar bu bolaning oyogʻiga urish hamda silkitish hisoblanadi. Jazolash turlarini yosh va jins boʻyicha taqsimotiga qaralsa, 5-14 yoshli bolalar va, ayniqsa, oʻgʻil bolalar koʻproq jazolanishini koʻrish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q