Maktab darsligi yo‘qolsa kim toʻlaydi va uning jarimasi qancha bo‘ladi?

Saqlash
15:23 / 20.05.2025 200 0

“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼiy nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan boʻlsa, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi. Yoki uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart boʻladi.

 

Ushbu jarayonda oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar (yoki oʻqituvchilar) zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:

▪️ 1-sinf — har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning bir baravari miqdorida;

 

▪️ 2–4- sinf — har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning ikki baravari miqdorida;

 

▪️ 5–11-sinf — oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun uning toʻrt baravari miqdorida.

 

Maʼlumot uchun, umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//