
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasining 1065-son qonuni bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Unga koʻra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoxud yoʻq qilib yuborgan holda sodir etganlik:
▪️ 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi (Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan).
Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa:
▪️ 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutildi (Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan)
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q